Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kiberxavfsizlik: Tahdidlar va himoya

Kiberxavfsizlik: Tahdidlar va himoya
⏺Kiberxavfsizlik — zamonaviy dunyoda axborot, texnologiya va ma’lumotlarni himoya qilish uchun juda muhim sohadir. Internet va raqamli tizimlardan keng foydalanish hujumlar va tahdidlarning ham ortishiga olib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekansiz, kiberhujum qurboniga aylangan ko‘plab insonlarning firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga qaratilgan chaqiriqlariga duch kelamiz. Bugun Milliy markazning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminar ham aynan shu mavzuga bag‘ishlandi. Bugun firibgarlik global axborot makoniga ko‘chdi. Kiberfiribgarlar ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni chuv tushirib, ma’lumotlarini, hattoki, telefon raqamiga ulangan plastik kartasidagi pul mablag‘larini ham o‘marmoqda. Shu bois hammamiz o‘zimiz uchun bu borada zarur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishimiz zarur, – deya Milliy markaz bo‘lim boshlig‘i Yerjan Abduraimov asosiy tahdidlar va xavflar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Yerjan Abduraimovning ta’kidlashicha, bular asosan, elektron pochta yoki SMS orqali foydalanuvchini aldash orqali shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish. Viruslar, troyanlar kabi dasturlar kompyuter yoki mobil qurilmalarga ziyon yetkazadi. Foydalanuvchi ma’lumotlarini qulflab, uni qayta ochish uchun tovon talab qilish. Foydalanuvchini psixologik yo‘llar bilan aldash va maxfiy ma’lumotlarni olishdir. Bu kabi hujumlardan saqlanish uchun telegramga kelgan “apk” fayllarini ochmasdan o‘chirib tashlash tavsiya qilindi. Chunki bu turdagi viruslar bir zumda akkaunt egasining barcha kontaktlariga tarqab, ko‘pchilikka zarar yetkazishi ta’kidlandi. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalarda tizimlarga kirishda qo‘shimcha xavfsizlik choralarini qo‘llash tavsiya qilinib, mustahkam parollar yaratish borasida tavsiyalar berildi. Seminar ishtirokchilari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar. Ha, bugungi kunda kiberxavfsizlik nafaqat kompaniyalar, balki har bir inson uchun muhimdir. Texnologiyalar rivojlangani sari, tahdidlardan himoya qilishga nisbatan yechimlar ham rivojlanib bormoqda. Har bir foydalanuvchi o‘z xavfsizligi uchun mas’uliyatli bo‘lishi kerak. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.