АKIS markazida "AQLLI FERMA" qurilishi boshlandi

Toshkent viloyati Agroxizmatlari markazida qurilishi boshlangan "SMART FARM" issiqxonasini O'zbekistonda joriy etish loyihasini bajaruvchisi bo'lgan "TG construction" tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bo'lib o'tdi.
Unda 5 yilga mo'ljallangan mazkur loyiha xususida so'z bordi. 2023-yil boshida AKIS markazi vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasiga yuborilishi va bir hafta davomida zamonaviy issiqxona boshqaruvi bo'yicha malaka oshirib kelishlari ma'lum qilindi, shuningdek, Agroxizmatlar markazining 2 nafar xodimi 2 oylik o'qishga borishi haqida ham aytib o'tildi.
Koreya tomonidan moliyalashtirilayotgan mazkur issiqxonalarda qulupnayning koreyscha navlari yetishtirish va "in-vitro" usulida ko'chatchiligini tashkil etish ko'zda tutilgan.
AKIS UZBEKISTAN