Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kitob — ilm sari ochilgan eshik

Kitob — ilm sari ochilgan eshik
Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida yoshlarni kitobxonlikka va ilm-fanga qiziqtirishga qaratilgan ezgu tashabbus amalga oshirildi. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumani Botanika mahallasidagi 3-maktab kutubxonasiga 100 turdagi yangi kitoblar taqdim etildi. Kitoblar orasidan badiiy asarlar, turli ertaklar, shuningdek, o‘quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan turli tillarda chop etilgan zamonaviy nashrlar o‘rin olgan. Tadbir davomida maktab rahbariyati va faollari bilan yosh o‘quvchilarni ilm-fanga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, institut va maktab o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Zero, kitob o‘qigan yoshning dunyoqarashi kengayadi, bilimi ortadi va ilm sari yo‘li ochiladi! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.