Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kolleksiya bog‘larida kesish va sanitariya ishlari olib borilmoqda

Kolleksiya bog‘larida kesish va sanitariya ishlari olib borilmoqda
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 1000 dan ortiq uzum nav va namunalaridan iborat noyob kolleksiya shakllantirilgan. Ushbu kolleksiya nafaqat milliy genofondning muhim qismi, balki kelgusida seleksiya, introduksiya va ilmiy tadqiqotlar uchun manba hisoblanadi. Ayni kunlarda ushbu stansiyada kesish (shakl berish), sanitariya tozalash, kasallangan va ortiqcha shoxlarni olib tashlash, toklarning holatini me’yorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ushbu agrotexnik tadbirlar tokzorlarning yorug‘lik va havo almashinuvini yaxshilaydi, kasallik va zararkunandalarning tarqalish xavfini kamaytiradi, nav va namunalar bo‘yicha morfologik belgilarni aniq namoyon qiladi, fenologik kuzatuvlar hamda hosildorlik ko‘rsatkichlarini xolis baholash imkonini berish bilan bir qatorda kolleksiyaning uzoq muddat saqlanishi va genetik boylikning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtub

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.