Loyiha nomi:
Kompleks ishlov berish orqali tuproq unumdorligini oshirishning agrotexnologiyasini ishlab chiqish
Kutilayotgan natijalar:
1. Respublikaning janubiy mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlarida (Qarshi tumani misoldida) boshoqli don ekinlaridan bо‘shagan maydonlarda yozgi va kuzgi muddatlarda yetishtirish uchun qurg‘oqchilikka chidamli, yuqori kо‘k massa hosil qiladigan ekin turlari tanlanadi;
2. Siderat ekinlarni yetishtirishda innovatsion ekish usullarini о‘rganiladi;
3. Siderat ekinlarining о‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligi yuqori bо‘lishini ta’minlovchi maqbul yetishtirish agrotexnologiyalari ishlab chiqiladi;
4. Turli siderat ekinlaridan keyin kuzgi bug‘doy yetishtirishda innovatsion ekish usullarini (an’anaviy, no-till) qо‘llash, siderat ekinlar va ekish usullarining о‘simlikning о‘sish-rivojlanishiga, don hosildorligi va sifati kо‘rsatkichlariga ta’siri tadqiq qilinadi;
5. Yozgi va kuzgi siderat ekinlarini g‘о‘zaning о‘sish-rivojlanishiga, paxta hosildorligi va boshqa kо‘rsatkichlariga ta’siri о‘rganiladi;
6. Paxta yetishtirishda mahalliy о‘g‘itlarni qо‘llashning yangi usullari sinovdan о‘tkaziladi;
7. Olingan tadqiqot natijalari asosida kompleks ishlov berish orqali tuproq unumdorligini oshirish agrotexnologiyasi ishlab chiqiladi.
Bajarish muddati:
05.01.2025
31.12.2026
