KONFERENSIYA

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari “Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida sholi va dukkakli don ekinlari yetishtirishning muammolari va yutuqlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tadi.
Anjumanning ilmiy yo'nalishlari:
Global iqlim oʻzgarishlari sharoitida markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) uslubida sholi hamda dukkakli don ekinlarining suv kam talab etadigan hamda hosildorligi yuqori yangi nav va duragaylarni yaratish, ularning urugʻchiligi va urugʻshunosligidagi muammolar va innovatsion yechimlari.
Sholi-oʻtmishdosh (don, dukkakli-don) ekinlar yetishtirishda zamonaviy resurstejamkor agrotexnologiyalar qoʻllashning muammo va yutuqlari.
Global iqlim oʻzgarishlari sharoitida sholi va dukkakli don ekinlarining kasallik, begona oʻt va zararkunandalarga qarshi kurashda yangi texnologiyalar, oziq-ovqat havfsizligini taʼminlashning muammo va yutuqlari.
Sholi va dukkakli don ekinlar yetishtirishda suv tejaydigan texnologiyalarini qoʻllash va joriy qilish samaradorligi.
Yo'nalishlardan kelib chiqib, materiallarni qog‘oz va elektron shaklda AXBOROT XATIDA belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan holda 2025 yilning 25-sentyabr kuniga qadar tashkiliy qo‘mitaga
-yo'nalish qodirovbaxtiyorjon86@gmail.com;
-yo'nalish @SholichilikITI telegramiga;
-yo'nalish otamirzaevn@gmail.com, garasha76@gmail.com;
-yo'nalish yulduzoyxojamkulova@gmail.com, anvarab971@gmail.com manzillariga yuborishingiz mumkin.
Materiallar BEPUL qabul qilinadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube