KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARI AKIS TIZIMI BILAN TANISHDI

Poytaxtimizda bo’lib o’tayotgan “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" ning bugungi kuni ishtirokchilar uchun qiziqarli va mazmunli bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Bunga yuqoridagi postlarimiz bilan tanishsangiz fikrimizga amin bo’lasiz.
Ilmiy muassasalar faoliyati bilan tanishib, paxta dalalarimizni o’z ko’zlari bilan ko’rgan konferensiya ishtirokchilari ushbu nufuzli anjumanni O’zbekistonda o’tayotganligi bejiz emasligini e’tirof etdilar.
Ishtirokchilarning navbatdagi manzili Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo'ldi. Ular bu yerda mahalliy g’o'za navlari stendi, tola namunalari va ushbu tolalardan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mehmonlarga Milliy markaz hududida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.
Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o’rinbosari Bunyod Mamarahimov O’zbekistonda qishloq xo’jaligida agroxizmatlar tizimi va ilm-fan yutuqlarini bevosita ishlab chiqarishga integratsiya qilish borasidagi tajribalar to’g’risida so’zlab berdi.
Konferensiya tafsilotlarini bizda kuzatib boring.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEBTelegram Instagram | Facebook |Youtube