Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

konferensiya

konferensiya
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida “Global iqlim o‘zgarishlariga chidamli bo‘lgan boshoqli, dukkakli, moyli va ozuqa ekinlarining navlarini yaratish. Yuqori hosil olishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari” mavzusida 13-14-may kunlari Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtadi. Ushbu konferensiya quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etiladi: global iqlim o‘zgarishlariga, tashqi stress omillarga bardoshli kuzgi boshoqli don, dukkakli don, moyli, ozuqa va noan’anaviy ekinlarini hosildorligi va texnologik sifati yuqori bo‘lgan yangi navlarini yaratishda zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanish hamda urug‘chiligini tashkil etishdagi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari; boshoqli, dukkakli don, moyli, ozuqa va noan’anaviy ekinlar yetishtirishda tuproq degredatsiyasini oldini olish usullari, tuproq unumdorligini oshirishda hamda resurstejamkor yetishtirish agrotexnologiyalarini ilmiy asoslari; boshoqli, dukkakli don, moyli, ozuqa va noan’anaviy ekinlarda global iqlim o‘zgarishlarida tashqi abiotik-biotik omillarni kelib chiqish sabablari va ularning salbiy ta’sirlaridan himoyalashni yangi xorijiy va mahalliy samarali usullari. Konferensiya materiallari joriy yilning 22-aprel sanasiga qadar ddeiti-19@mail.ru elektron manzili orqali qabul qilinadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.