KONSTITUTSIYA-BOSH QOMUSIMIZ!

Konstitutsiya – bu davlatning asosiy qonuni bo‘lib, jamiyat va davlat tuzilishining huquqiy poydevorini belgilaydi. U fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini, davlatning boshqaruv tizimini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning asosiy qoidalarini tartibga soluvchi asosiy hujjatdir.
8-dekabr 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiya qabul qilingan kun sifatida tarixga kirdi.
Sana munosabati bilan Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ''Konstitutsiya - tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotning kafolati'' mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirni Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov kirish so'z bilan ochib berdi. Shundan so'ng Milliy markaz bosh yuristi Otabek Fayziyev so'zga chiqib, Konstitutsiya davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida qonuniylikni ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganligi haqida taqdimot qildi. Yangilangan Konstitutsiyaning mazmun mohiyati, kiritilgan o'zgarishlar va uning hayotimizdagi ahamiyat haqida xodimlarni tanishtirdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube