Konstitutsiya – bu xalqimizning huquqiy madaniyati, yuksak siyosiy ongi va dunyoqarashi ifodasi!

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlab “Bizning konstitutsiyamiz 31 yoshda” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni institut direktori qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Rustam Nizomov ochib, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishini, ta’kidladi.
Tadbirni mazmunan boyitish maqsadida taklif etilgan Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar va huquq kafedrasi professori Yusuf Nazarov va mazkur kafedra dotsenti O‘gilxon Rayimjanovalar o‘z ma’ruzalari bilan yig‘ilish ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdilar.