KONSTITUTSIYAM – FAXRIM

2023-yil 6-dekabr kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut direktori Sh.Azizov ochib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi siyosiy, huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar, mamlakatimiz Qomusining taraqqiyot va mamlakat kelajagidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda Yangiyo’l tuman Adliya bo’limi xodimi S.Djamalov ishtirok etib, institut jamoasi har bir xodimining huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi hamda Yangi Konstitutsiyaning eng ustuvor yo‘nalishi sifatida insonlar va fuqarolarning asosiy shaxsiy huquq va erkinliklarini ta’minlashning konstitutsiyaviy kafolatlari kuchaytirilgani haqida ta’kidlab o‘tdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube