KOREYA BILAN HAMKORLIK O’RNATILDI

Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga Janubiy Korea Respublikasining «Smart Golden Seed Global Co., Ltd» direktori Lee Kang Seop boshchiligidagi delegatsiya guruhi tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori S.M.Alikulov hamda direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari F.H.Abdullayevlar hamrohligida institut faoliyati, jumladan, Qishloq xo’jaligi genetik resurslari Milliy Genbanki faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv davomida oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari kelishib olindi hamda ikki tomonlama amaliy hamkorlik yuzasidan Memorandum imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube