Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Koreya delegatsiyasi bilan sabzavotchilikda hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Koreya delegatsiyasi bilan sabzavotchilikda hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga Janubiy Koreyaning “Firmmit Co Ltd” kompaniyasi bosh direktori Pak Sungi rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan “Taeyul Farm Solutions”, “Haearim”, “Farm Leagpipg”, “Korea Smart-Farm Industry” kompaniya va uyushmalari rahbarlari hamda mutaxassislari, shuningdek, Koreya "Aql­li" qishloq xo‘jaligi tadqiqot instituti hamda Seul milliy universiteti Biomuhandislik instituti direktori va olimlari o‘rin olgan. Tashrif doirasida institut direktori, professor Rustam Nizomov mehmonlarga ilmiy muassasaning tarixi, faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berdi. Qizg‘in va savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda kelgusida qulupnay hamda qo‘ziqorin yetishtirish sohalarida ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tajriba almashish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.