Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Koreya qishloq xo'jaligining hozirgi holati va sabzavot ko'chatlarini yetishtirish texnologiyasi

Koreya qishloq xo'jaligining hozirgi holati va sabzavot ko'chatlarini yetishtirish texnologiyasi
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ayni kunlarda qishloq xo'jaligi sohasidagi oliy ta'lim muassasalari professor o'qituvchilari 288 akademik soatni o'z ichiga olgan malaka oshirish va qayta tayyorlash kursini o'qishmoqda. Tinglovchilar jami 46 nafar bo'lib, o'quvlar online va offline shaklda olib borilmoqda. Ularga agronomiya va agromuhandislik yo'nalishida yurtimizning nufuzli olimlari tomonida zamonaviy metodikalarda ta'lim berilmoqda. Bugun koreyalik olim, Dankuk universiteti professori Lee Dong Jin tinglovchilarga "Koreya qishloq xo'jaligining hozirgi holati va sabzavot ko'chatlarini yetishtirish texnologiyasi" mavzusida taqdimot qildi. Unda Janubiy Koreyaning ilg'or texnologiyalari haqida ma'lumot berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.