Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Koreya tajribasi asosida ko‘chat yetishtirish bo‘yicha mahorat darslari boshlandi

Koreya tajribasi asosida ko‘chat yetishtirish bo‘yicha mahorat darslari boshlandi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tashabbuslardan biri — “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi doirasida navbatdagi mahorat darslari boshlandi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Korea Respublikasining EPIS (Education, Promotion and Information Service in Food, Agriculture, Forestry and Fisheries) — Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim, targ‘ibot va axborot xizmati agentligi hamkorligida tashkil etilgan. Darslar davomida tinglovchilar Koreya tajribasiga asoslangan ko‘chat yetishtirish texnologiyalari, issiqxona va laboratoriyalar faoliyati bilan tanishmoqdalar. Mahorat darslarida koreyalik professor Sun-Hyung Kim boshchiligidagi malakali mutaxassislar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Ular tomonidan yurtimiz iqlim sharoitida yetishtirish uchun mo‘ljallangan istiqbolli ko‘chat navlari va zamonaviy agrotexnik yondashuvlar bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda. Tinglovchilar mashg‘ulotlar davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan bevosita javoblar olmoqdalar. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.