Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Koreyaning agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” binosida qurilish yakunlanmoqda

Koreyaning agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” binosida qurilish yakunlanmoqda
Yodingizda bo'lsa may oyida rasmiy manbalarimiz orqali O‘zbekistonda “Koreyaning agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” qurilishi haqida xabar bergan edik. Hozirda mazkur ofis binosining qurilishi o'z nihoyasiga yetmoqda. Tez orada binoga zaruriy infratuzilmalar, kerakli jihoz va uskunalar o'rnatiladi. Shu kabi masalalar Milliy markaz direktori o'rinbosari Bunyod Mamarahimov ishtirokida muhokama qilindi. Uchrashuvga kelgan koreyalik mutaxassislar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi. Dekabr yakuniga qadar binoda qurilish ishlari to'liq yakunlanadi. Yanvar oyida jihozlash va kerakli infratuzilmalarga ulash jarayonlari amalga oshirilishi ma'lum qilindi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-321-son qaroriga asosan Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assosiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilg‘or mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari bilan amalga oshirilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.