KOREYANING "ROAD GLASS" KOMPANIYASI VAKILLARI MILLIY MARKAZDA

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Janubiy Koreyaning "Road glass" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Mamlakatimiz yildan yilga xorij investorlari uchun jozibador davlatga aylanib bormoqda. Boshqa sohalar kabi qishloq xo'jaligida ham investitsiyaviy qo'shma loyihalar, korxonalar soni ortib borayotganidan buni anglash mumkin. "Road glass" kompaniyasi vakillari ham qishloq xo'jaligi va energetika sohalari uchun manfaatli bo'lgan loyiha taklifi bilan tashrif buyurdi.
Koreyaliklar qishloq xo'jaligi yerlariga quyosh panellarini o'rnatish orqali elektr energiyasi ishlab chiqish va yer maydonlariga qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish orqali yer maydonidan ikki hissa daromad topish bo'yicha innovatsion loyihani amalga oshirish haqida aytib o'tishdi.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ekinlari almashlab ekiladi. Ya'ni birinchi yil g'alla ekilgan yerga ikkinchi yilda paxta yoki boshqa ekin ekiladi. Bu o'z navbatida qishloq xo'jaligi ekinlariga agrotexnik ishlov berilishiga halaqit beradi. Shuning uchun mazkur loyihani dala chetlariga yoki qishloq xo'jaligi uchun foydalanishda bo'lmagan toshloq, qir-adirliklarda amalga oshirish yaxshi samara beradi- dedi Milliy markaz direktor Shuhrat Otajonov.
Tomonlar mazkur innovatsiyani mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun har tomonlama manfaatli bo'lgan holda asosan amalga oshirishni kelishib oldilar.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube