Korrupsiya – bu nafaqat qonunbuzarlik, balki jamiyatning taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladigan jiddiy xavfdir

Korrupsiyaning asosiy ildizlari shaffoflikning yo‘qligi va qonunlarda bo‘shliq bo‘lib, bunday sharoitlar jamiyat resurslarini suiiste’mol qilish imkonini beradi. Bu esa, nafaqat davlat loyihalari sifatsiz amalga oshirilishiga, balki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning tormozlanishiga olib keladi.
Sizga havola etilgan mazkur videorolik aynan shu mavzuda jamiyatni hushyorlikka undaydi. Unda korrupsiyaning sabab va oqibatlari, shuningdek, uning oldini olish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muhim choralar ochib beriladi.
Korrupsiya – faqat davlat muammosi emas, balki har bir fuqaroning hayoti, xavfsizligi va farovonligiga tahdid soladigan muammo. Uni bartaraf etish har birimizning burch va vazifamizdir.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube