Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada kuchaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1155 Qonuni imzolandi.
Mazkur Qonun bilan 3 ta kodeks va 5 ta qonunga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra:
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi;
Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi belgilandi va unga 18 turdagi jinoyat kiritildi;
Davlat organlarida komplayens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat tizimlarining huquqiy asoslari yaratildi;
Korrupsiyaga qarshi kurashishda maishiy darajadan tortib yuqori lavozimli shaxslargacha qamrab oluvchi amaliy mexanizmlar joriy etildi;
Komplayens tuzilmalar xodimlarining huquqiy va xavfsizlik kafolatlari mustahkamlandi;
Barcha davlat organlarida komplayens nazorati tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Ushbu tizim faoliyati Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ayrim korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilroq jazo bilan almashtirish cheklanadi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi;
Milliy va hududiy kengashlar hamda Agentlik vakolatlari kengaytirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish endilikda yagona tizim asosida markazlashgan va samarali mexanizm sifatida amalga oshiriladi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram