Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

korrupsiyaga_qarshimiz

korrupsiyaga_qarshimiz
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz Xabaringiz bor Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda tizim tashkilotlarida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" shiori ostidagi seminarlar, davra suhbatlari tashkil qilinib kelmoqda. Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida ham navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Chimboy tumani IIB Gujumli MFY profilaktika inspektori, kichik leytinant Timur Japanov, Chimboy tumani adliya bo‘limi maslahatchisi Abat Dastenov va "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti Chimboy tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Salamat Daumenovlar, institut mehnat jamoasi va xodimlari faol ishtirok etishdi. Davra suhbati avvalida institut huquqshunosi Aqilbek Jumabaev maishiy korrupsiya va uning turlari, kundalik hayotda, fuqarolarning davlat xizmatlari bilan o‘zaro munosabatida vujudga keladigan poraxo‘rlik, korrupsiya davlat boshqaruvi samaradorligini pasaytiruvchi, adolat tamoyillarini yemiruvchi asosiy to‘siq bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, institutda korrupsiyaviy xavflarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ichki nazorat mexanizmlariga ham to‘xtalib o‘tdi. Soha mutaxassislari Chimboy tumani IIB Gujimli MFY profilaktika inspektori, kichik leytenant Timur Japanov, Chimboy tumani adliya bo‘limi maslahatchisi Abat Dastenov va "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti Chimboy tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Salamat Daumenovlar ham so‘zga chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi nazariy hamda amaliy jarayonlar va uni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan javobgarlik choralari, xususan, jinoiy va ma’muriy javobgarliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi. Suhbat yakunida ishtirokchilar soha mutaxassislaridan korrupsiyaning oldini olish, uni huquqiy tartibga solish va javobgarlik masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob oldilar. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.