Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

korrupsiyaga_qarshimiz

korrupsiyaga_qarshimiz
Korrupsiyaga qarshi kurash har birimizning burchimiz Bugun "Sholichilik ilmiy-tadqiqot institut"ida "Korrupsiyaga qarshi kurash har birimizning burchimizdir" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Oʻrtachirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori, podpolkovnik Dilshod Hasanov, tuman advokatlik byurosi advokati Erkin Aktayev, institut xodimlari va doktorantlari faol ishtirok etishdi. Davra suhbati avvalida institut yuristi Shavkat Toshmatov maishiy korrupsiya va uning turlari, kundalik hayotda, fuqarolarning davlat xizmatlari bilan o‘zaro munosabatida vujudga keladigan poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik va noqonuniy “minnatdorlik” holatlari orqali namoyon bo‘lishi hamda bu illatning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy oqibatlari, korrupsiya davlat boshqaruvi samaradorligini pasaytiruvchi, adolat tamoyillarini yemiruvchi asosiy to‘siq bo'lishi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan javobgarlik choralari, xususan, jinoiy va ma’muriy javobgarliklar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, institutda korrupsiyaviy xavflarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ichki nazorat mexanizmlariga ham toʻxtalib oʻtdi. Soha mutahasislari Oʻrtachirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori, podpolkovnik Dilshod Hasanov, tuman advokatlik byurosi advokati Erkin Aktayevlar ham so'zga chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi nazariy hamda amaliy jarayonlar va uni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berishdi. Suhbat yakunida ishtirokchilar soha mutahasislaridan korrupsiyaning oldini olish, uni huquqiy tartibga solish va javobgarlik masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga to'laqonli javob oldilar. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boringWeb | Telegram | Facebook | Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.