Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Korrupsiyasiz jamiyat — barqaror rivojlanish kafolati

Korrupsiyasiz jamiyat — barqaror rivojlanish kafolati
Xabaringiz bor Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizim tashkilotlarida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" shiori ostida turli davra suhbatlari va seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Milliy markaz xodimlari uchun maishiy korrupsiya holatlari hamda ularning oldini olish choralari mavzusida tashkil etildi. Mazkur tadbirda Fuqarolik ishlari bo'yicha Yuqori Chirchiq tumani sudi sudyasi Rustam Shukurov, markaz rahbariyati, mutaxassislar va xodimlar ishtirok etdi. Davra suhbati avvalida Milliy markaz bosh yuriskonsulti Suhrobjon Nurullayev ishtirokchilarga maishiy korrupsiya o'zi nima va u qanday holatlarda yuzaga kelishi, bunday holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. So'ngra Fuqarolik ishlari bo'yicha Yuqori Chirchiq tumani sudi sudyasi Rustam Shukurov tumanda korrupsiya bilan bog'liq bo'lgan jinoiy ishlar, ko'rilgan choralar va huquqiy oqibatlar to'g'risidagi ma'lumotlar bilan o'z fikr mulohazalarini bildirdi. Davra suhbati davomida kundalik faoliyatda uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bunday salbiy illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ichki nazorat mexanizmlari, xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, takliflar bildirildi. Bu kabi davra suhbatlari korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish, sog‘lom va halol ish muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.