Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Krasnodarda seleksiya va urugʻchilik masalalariga bagʻishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Krasnodarda seleksiya va urugʻchilik masalalariga bagʻishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
Rossiya Federatsiyasining Krasnodar shahrida mashhur seleksioner olim, akademik Pavel Panteleymonovich Lukyanenko tavalludining 125 yilligi munosabati bilan “Dala kuni – 2026” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Unda seleksiya va urugʻchilik sohasining bugungi holati hamda istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi. 350 nafardan ortiq olim va mutaxassis ishtirok etgan ilmiy anjumanda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Bunyod Mamarahimov boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashdi. Anjuman doirasida qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi sohasida erishilayotgan ilmiy yutuqlar, yangi yuqori hosilli navlarni yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori Bunyod Mamarahimov ham so‘zga chiqib Respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, sohada erishilgan yutuqlar xususida ma’lumot berdi. Shuningdek ishtirokchilar tajriba maydonlarida namoyish etilgan bugʻdoy, tritikale, arpa, suli, moyli va dukkakli ekinlarning yangi navlari bilan tanishdilar. Tadbir doirasida oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralarda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirish, navlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda urugʻchilik tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, seleksiya va urugʻchilik yoʻnalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda sohani rivojlantirish boʻyicha amaliy ishlar haqida maʼlumot berildi. Anjuman yakunida Rossiya Milliy don markazi, Butun Rossiya moyli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan kelishuvlarga erishildi. Mazkur kelishuvlar navlar almashinuvi, qoʻshma ilmiy loyihalar va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish orqali agrar ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.