Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kun

Kun
5-DEKABR BUTUNJAHON TUPROQ KUNI Tuproq insonlarga berilgan eng asosiy va bebaho boylik, bitmas-tugamas mulk hisoblanadi. Tuproq qishloq xoʼjalik mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Bugun dunyoning turli mintaqalarida “Butunjahon tuproq kuni” keng nishonlanmoqda. Yurtimizda aynan qishloq xoʼjaligi tizimining tuproqshunoslik sohasida fidokorona faoliyat yuritib kelayotgan olimlar, mutaxassislar bu kunni oʼzgacha bayramona shukuh bilan kutib olishadi. Jahon miqyosida tuproqlar unumdorligini saqlash, ularni turli degradatsiya jaryonlaridan muhofaza qilish, tuproqning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish va tuproq resurslaridan barqaror foydalanishni targʼib qilish maqsadida, 2002 yilda Xalqaro tuproqshunoslik jamiyati tomonidan “Butunjahon tuproq kuni”ni nishonlash tavsiya etilgan. 2014-yil 5-dekabrdan Butunjahon tuproq kuni nishonlanib kelinadi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.