kun_fotosi

G'allaga kimyoviy ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Oʻsimliklarni himoya qilish laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan Qarshi tumani tajriba maydonida kuzgi boshoqli don ekinlarida uchraydigan kasallik va zararkunandalar hamda turli begona oʻtlarga qarshi kimyoviy ishlov oʻtkazildi.
Olimlarning bu borada tavsiyalari:
Begona o‘tlarga qarshi g‘allaning tuplash fazasida gerbitsidlarni to‘g‘ri qo‘llash yuqori hosil garovidir. Shuning uchun, gerbitsidlarni havo harorati +15 +20 C bo‘lganda, tuproq namligi esa 50-60 foizni tashkil qilganda qo‘llash eng qulay davr hisoblanadi.
bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi gektariga gerbitsidlar “Vinstar” 75% s.d.g. 15-20 gr, “Tayfun” 75% q.o.sus 20 gr, “Granstar Pro” 75% q.o.sus. 15-20 gr, “Entostar” 75% s.d.g. 15-20 gr;
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI