Kun_fotosi

Yangi yil arafasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati akademik Sayyora Rashidovaning xonadonida bo‘lishdi.
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov akademik Sayyora Rashidovani Yangi yil bayrami bilan qutlab, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning ezgu tilak va tabriklarini yetkazdi.
Shuningdek, akademik Sayyora Rashidovaga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni ham topshirildi.
AKIS UZBEKISTAN