Kun_yangiligi

Andijonda tezpishar bug‘doyiga o‘roq tushdi
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Jalaquduq ilmiy tajriba stansiyasida bug‘doyning o‘ta tezpishar “Ultra” navi bugun — 2026-yil 22-may kuni o‘rib-yig‘ib olindi. Ilk natijalarga ko‘ra, har gektardan 65–70 sentnerdan hosil olindi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur nav ertapisharligi, yuqori hosildorligi hamda iqlim sharoitiga moslashuvchanligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Yana bir muhim jihati — bug‘doy erta muddatda o‘rib olinayotgani sababli, ushbu maydonlarda nafaqat takroriy, balki asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini ham ekib, qo‘shimcha mahsulot yetishtirish imkoniyati mavjud.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube