Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarishlashda dolzarb agrotexnik tadbirlar o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanma"

Yurtimizning bir guruh ilmiy doira vakillari tomonidan shu nomli qo‘llanma yaratildi. Ushbu qo'llanmadan: g'allaning unib chiqishi tuplanishi naychalash jarayoni boshoqlashi pishish jarayonigacha bo'lgan xronologiyasi bo'yicha muhim ilmiy tavsiyalar o'rin olgan. Shuningdek, g'alla parvarishida O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitiga ko‘ra quyidagi to‘rtta geografik mintaqalarga bo‘linishi: Farg‘ona vodiysi: Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari; Markaziy mintaqa: Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari; Janubiy mintaqa: Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari; Shimoliy mintaqa: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. G‘alla maydonlarining rivojlanish darajasi guruhlari hozirgi rivojlanish holatiga qarab g‘alla maydonlari 3 ta guruhga ajratiladi: 1-guruh: rivojlanishdan orqada qolgan, 1-2 va 3-4 barg chiqargan g‘alla maydonlari; 2-guruh: rivojlanayotgan, to‘liq tuplashga kirmagan g‘alla maydonlari; 3-guruh: to‘liq tuplagan g‘alla maydonlari. o‘g‘itlash me’yori – kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi va hosili shakllanishi uchun talab etiladigan mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llash me’yori, sug‘orish me’yori – bug‘doyning rivojlanish fazalari bo‘yicha tavsiyalar o'rin olgan Qo'llanmaning elektron shakli bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.