Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kuzgi bug'doyda vernalizatsiya va an'anaviy usul samarasi tadqiq etilmoqda

Kuzgi bug'doyda vernalizatsiya va an'anaviy usul samarasi tadqiq etilmoqda
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasida kuzgi yumshoq bug‘doy bo‘yicha ilmiy tajribalar olib borilmoqda. Tajribalar davomida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining vernalizatsiya hamda an’anaviy usullarda ekilgan variantlarning rivojlanish fazalari fenologik kuzatuvlar asosida o‘rganilmoqda. Har bir navning unib chiqishidan boshlab boshoqlash va pishish davrigacha bo‘lgan bosqichlari ilmiy tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, urug‘ ekish muddatlari, ekish me’yorlari, agrotexnik tadbirlar asosida tajribalar o‘tkazilib, navlarning hosildorligi va moslashuvchanligi aniqlanmoqda. Bu esa yuqori hosildor, stress omillariga chidamli va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan bug‘doy navlarini amaliyotga joriy etish imkonini beradi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.