Kuzgi bugʻdoyni bargidan oziqlantirish— hosildorlik va don sifatini oshirish demakdir

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining tajriba dala maydonlarida kuzgi bugʻdoyga guminkislotali hamda mikroelementlarga boy biostimulyatorlar bilan ishlov berilmoqda.
Gumin kislotalar ozuqa elementlarining oʻzlashtirilishini yaxshilash bilan bir qatorda ildiz rivojlanishini ragʻbatlantiradi va oʻsimlikning stressga chidamliligini oshiradi. Mikroelementlar (temir, rux, mis, marganets, bor, molibden) esa fotosintez, gullash va don toʻlish jarayonida muhim rol oʻynaydi. Barg orqali oziqlantirilganda ular tez va samarali oʻzlashtiriladi.
Tajriba natijalariga koʻra, bunday oziqlantirish hosildorlikni 8–15 % gacha oshirishi hamda donning oqsil va kleykovina sifatini yaxshilashi mumkinligi aniqlangan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube