Laboratoriyadan ochiq dalagacha

Kartoshkaning virus va bakteriyalardan holi, yuqori avlodli urug‘ligi qanday tayyorlanadi?
Ayni paytda Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida sog‘lom va serhosil kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 269-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda institut tomonidan 4 million dona minitugunak tayyorlash rejalashtirilgan.
Laboratoriyadan boshlanib, ochiq dalagacha davom etadigan ushbu jarayonni videoda tomosha qiling.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube