Lalmi yerlarda no‘xat yetishtirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Samaqrand viloyati Poyariq tumanida Lalmi maydonlarda no‘xat yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llashga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida olimlar va xalqaro ekspertlar tomonidan qurg‘oqchil hududlarda no‘xat yetishtirish bo‘yicha xorijiy tajriba, yer tayyorlash, ekish muddatlari, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurash usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar-treningda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Dukkakli don ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi laboratoriysi mudiri J.Naxalboyev mavzu yuzasidan zarur ilmiy ma’lumotlar berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube