Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Lalmi yerlarda no‘xat yetishtirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Lalmi yerlarda no‘xat yetishtirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
Xabaringiz bor lalmi yerlarda no‘xat yetishtirish bo‘yicha hududlarda qator seminarlar o'tkazilib kelinmoqda. Ana shunday seminarlardan navbatdagisi Jizzax viloyatining G'allaorol tumanida bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida olimlar va xalqaro ekspertlar tomonidan ishtirokchilarga qurg‘oqchil hududlarda no‘xat yetishtirish bo‘yicha xorijiy tajribalar, yer tayyorlash, ekish muddatlari, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurashish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar davomida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor B. Mamaraximov hamda Dukkakli don ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi laboratoriysi mudiri J. Naxalboyev mavzu yuzasidan zarur ilmiy asoslangan ma’lumotlar va amaliy tavsiyalarni taqdim etdilar. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.