Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining natijadorligi muhokama etildi

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining natijadorligi muhokama etildi
Bugun Milliy markazi direktori Sh.Otajonov va direktor o‘rinbosari B.Mamarahimov Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo'lib, ilmiy muassasa faoliyatini yaqindan o‘rgandilar O‘rganishlar jarayonida institut ilmiy salohiyatini ko‘tarish, yangi ilmiy ishlanmalar, muhim ilmiy natijalar sonini ko‘paytirish va ilmiy laboratoriyalar natijadorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. –Erishilgan yutuqlar o‘zimizniki, ammo yechimini kutayotgan muammolar ham yetarli. Muammoni chetdan birov kelib yechmaydi. Natijaga erishish uchun tashabbuskor bo‘lish kerak, – dedi Sh. Otajonov. Tahlillarga ko‘ra, institutning natijadorligi salohiyat va imkoniyat darajasida emas. Ilmiy maqolalar chop etish, byudjetdan tashqari mablag‘ jalb qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Yig‘ilish yakunida ilmiy salohiyatni oshirish va ilmni aholi xonadonlarigacha olib kirish yuzasidan takliflar berildi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.