Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yildagi faoliyati tahlil qilindi

Yig‘ilishni Milliy markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov kirish so‘zi bilan ochib, hisobot taqdimoti uchun institut direktori Diyor Jo‘rayevga so‘z berdi.
2024 yilda qo‘lga kiritilgan asosiy natijalar:
9 ta yangi ishlanma yaratilib, Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlar olindi.
2 ta yangi nav uchun patent olish maqsadida hujjatlar topshirildi.
Yangi navlar:
Yumshoq bug‘doy: "Do‘stlik-29", "Zarbuloq"
Arpa: "Noyob", "Istak", "Ang‘iz"
Qattiq bug‘doy: "Kumushdon"
No‘xat: "Zabardast"
Maxsar: "Moydor"
Moyli zig‘ir: "Lalmikor"
Muhokamalar jarayonida kadrlar va ilmiy masalalar keskin tanqid qilindi
Hisobotdan so‘ng muhokama va tanqidiy tahlil o‘tkazildi. Yig‘ilish ishtirokchilari institut faoliyatini har tomonlama ko‘rib chiqib, kadrlar siyosati, ilmiy izlanishlar samaradorligi va ishlab chiqarishda aniqlangan kamchiliklarni keskin tanqid qildilar.
Asosiy muammolar:
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliy qishloq xo‘jaligiga joriy etishdagi qiyinchiliklar
Malakali kadrlar yetishmovchiligi
Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi
Yig‘ilish yakunida institut faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube