Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb
Yangiliklar

Lalmikor dehqonchilikda innovatsion yechimlar muhokama qilinmoqda

Lalmikor dehqonchilikda innovatsion yechimlar muhokama qilinmoqda

Xabar berib borayotganimizdek, ayni daqiqalarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Lalmikor yerlarda boshoqli va dukkakli don, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar — “Dala kuni” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir davomida lalmikor dehqonchilikni rivojlantirish, ekinlar hosildorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda urug‘chilik tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Seminarning amaliy qismida institut tajriba maydonlarida yaratilgan boshoqli va dukkakli don ekinlari, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlarining yangi va istiqbolli navlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar lalmikor sharoit uchun ishlab chiqilgan innovatsion agrotexnologiyalar hamda ilg‘or agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.