Lalmikor dehqonchilikda innovatsion yechimlar muhokama qilinmoqda

Ayni daqiqalarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Lalmikor yerlarda boshoqli va dukkakli don, yem-xashak, moyli hamda poliz ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirishning innovatsion agrotexnologiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar — “Dala kuni” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuhurov ochib berdi. U o‘z nutqida lalmikor dehqonchilikning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati, sohani rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, no‘xat urug‘chiligi tizimini takomillashtirish hamda eksportbop navlarni yaratish masalalariga alohida to‘xtaldi.
Seminarda olimlar, soha mutaxassislari va fermerlar ishtirok etmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube