Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Lalmikor hududlarda no‘xat parvarishiga alohida e’tibor

Lalmikor hududlarda no‘xat parvarishiga alohida e’tibor
Shu kunlarda lalmikor hududlarda ish qizg‘in. Boisi, no‘xatdan mo‘l hosil olish uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayni maqsadda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari Oybek Omonov boshchiligidagi ishchi guruh joylarda amaliy ishlar olib bormoqda. Ishchi guruh tarkibiga sohaning yetuk mutaxassis va olimlari jalb etilgan bo‘lib, ular fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan bevosita ishlab, amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda. Xususan, no‘xat maydonlarida agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, azotli o‘g‘itlarni o‘z vaqtida va me’yorida qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutaxassislar har bir maydon sharoitini o‘rganib, fermerlarga aniq va ilmiy asoslangan tavsiyalar bermoqda. Bu esa mavjud muammolarni joyida hal etish, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Belgilangan grafik asosida ishchi guruh hududlarda faoliyat olib bormoqda va amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mutaxassislar fikricha, bunday yondashuv lalmikor maydonlarda no‘xat yetishtirish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.