Lalmikorlikda yangi yondashuv

Xabaringiz bor, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati va yetakçi olimlari iştirokida hududlarda "Lalmikor maydonlarda don va dukkakli ekinlarni yetiştirişda zamonaviy texnologiyalar" mavzusida amaliy öquv seminarlari tizimli ravişda taşkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi amaliy seminar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Roxat" fermer xo'jaligida tashkil etildi.
Tadbirda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori B.Mamaraximov boshchiligidagi yetakchi olimlar hamda hududdagi 300 nafardan ortiq fermer xo‘jaliklari vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etib, qishloq xo‘jaligida erishilayotgan so‘nggi ilm-fan yutuqlar haqida ishtirokchilarga ma'lumot berdilar.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishdan oldin yer maydonlarini tayyorlash jarayonida gektariga 100 kilogrammdan fosforli o‘g‘itlar berishning muhim ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, institut olimlari tomonidan yaratilgan yumshoq bug‘doy, arpa va triticale (tritikale)ning yuqori avlodli, iqlim sharoitlariga chidamli urug‘larini ekish hamda ularning вегетация davrida amalga oshiriladigan zarur parvarishlash tadbirlari yuzasidan batafsil ko‘rsatmalar berildi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube