LAVLAGI - ENG FOYDALI SABZAVOT

Osh lavlagi marevix oilasiga mansub, ikki yillik o‘simlik. Barcha turlaridan, asosan to‘rt turi yetishtiriladi: osh, qand, yem-xashak va barg (mangold) lavlagilar.
Osh lavlagi boshqa ildizmevali sabzavotlarga qaraganda issiqlikni ko‘proq talab qiladi. Ildizmevalarning ichida bu eng yorug‘liksevar ildiz o‘simlik. Maqbul tuproq nisbiy namligi 75-80 foizni tashkil qiladi.
Yurtimiz hududida deyarli barcha viloyatlarda osh lavlagining 15 ta navi ekiladi.
Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan lavlagining "Yagona" va "Diyor" navlari respublikamizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya etiladi.
Mamlakatimizda yetishtirilgan osh lavlagi mahsuloti Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ukraina davlatlariga eksport qilinadi.
Yurak va immunitet uchun - qizil lavlagining foydasi haqida
Vitamin va minerallarga boyligi. Qizil lavlagi C, A vitaminlari, folat kislotasi (B9 vitamini) va kaliy moddasiga boy. Ushbu moddalar salomatlikni saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi.
Yurak salomatligiga yordam beradi. Lavlagi tarkibida nitrat kislotasi mavjud, u esa qon bosimini pasaytirishda foydali. Qon aylanishini yaxshilashga ko‘mak beradi.
Antioksidlovchi himoya. Lavlagi tarkibida antioksidantlar, jumladan, beta-karotin va flavonoidlar mavjud bo‘lib, ular tanadagi hujayralarni kimyoviy radikallar ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlardan himoya qiladi.
Ovqat hazmida ko‘mak beradi. Lavlagidagi kletchatkalar ovqat hazm qilish va ich qotishning oldini olish, undan xalos bo‘lishda foydalidir.
Jismoniy chidamlilikni oshiradi. O‘ta faol odamlar, sportchilar uchun lavlagi tarkibidagi nitratlar juda foydali bo‘lib, jismoniy chidamlilikni oshirishda juda qo‘l keladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube