Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Li Fuguang samimiy hamkorlikni taklif etdi

Li Fuguang samimiy hamkorlikni taklif etdi
BT genli g‘o‘za navlarini yaratish, g’o’za transformatsiyasi bo‘yicha taniqli olim, Butunxitoy paxtachilik uyushmasi raisi, professor doktor Li Fuguang bilan O’zbekistonda Bt texnologiyasini joriy etish, ko’sak qurtiga va boshqa kasalliklarga, shuningdek sho’rlanish va qurg’oqchilikka chidamli paxta navlarini hamkorlikda yaratish bo’yicha istiqbolli rejalar muhokama etildi. Li Fuguang Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining (CAAS) Paxta tadqiqot instituti (ICR) professori bo‘lib, asosan paxta seleksiyasi va genetikasi sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning ilmiy ishlari paxta navlarini yangilash, hosildorlikni oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, doktor Li Fuguang xalqaro anjumanlar va loyihalarda faol ishtirok etib, sohadagi zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda katta tajribaga ega. Tashrif davomida professor Li Fuguang rahbarlik qilayotgan laboratoriyada bo‘lib, gen muhandisligi va yangi Bt paxta navlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida taqdimot tingladik. Ilmiy uchrashuv davomida kelgusi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, taniqli olim bilan BT genlarini O‘zbekistondagi g‘o‘za navlariga o‘tkazish va bu borada hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldik. https://t.me/Sh_Otajonov_Milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.