LIVE

Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov dastlab anjumanda ishtirok etayotgan xalqaro ekspertlarga tashakkur isxor qildi. Hamkorlikdagi aloqalar mustahkam bo'lishini tilab, konferensiyani ochib berdi.
Direktor nutqida iqlim o'zgarishining ta'siri eng avvalo qishloq xo'jaligiga ta'sir etishini ta'kidlab, ayni vaqtda olimlar 2050-yil oziq-ovqat xavfsiligini o'ylagan holda ilmga yondashishlari bugungi kun talabi ekanini qayd etdi.
"Shu boisdan bugun butun dunyo olimlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining raqobatbardosh, turli stress omillarga chidamli yangi navlarini yaratish borasida hamkorlikka birlashayotgani bizni quvontiradi. Dunyoda aholi soni tobora o'sib bormoqda, suv tanqisligi va global iqlim o'zgarib borishi o'z-o'zidan hosildorlikni kamayishiga ta'sir qilmoqda. Endi yangi texnologiyalardan foydalanib, yaratilgan navlarni qisqa muddatda ishlab chiqarishga tadbiq etish metodiga o'tmoqda. Bugun biz ayni yo'nalishdagi ishlarni Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida ko'rishimiz mumkin. Institutda 700ga yaqin issiqqa chidamli, tez pishar nav namunali ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Xalqaro darajada esa 10dan ortiq davlat olimlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot qilinyapti. Natija esa albatta, janubiy hududlarda qishloq xo'jaligi ekinlarini hosildorligiga qaratilgan.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling:
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube