LIVE

Xabar berib borayotganimizdek, ayni daqiqalarda Milliy markazda “Doktorantlar kuni” bo‘lib o‘tyapti. Unda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari ishtirok etyapti. Biroz oldin institutning tayanch doktoranti Ra’no Ibodullayeva o‘zining “SHOLIDAGI POYA ZARARKUNANDALARINI BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH ASOSIDA ULARGA QARSHI UYGʻUNLASHGAN HIMOYA QILISH TIZIMINI YARATISH” mavzusidagi ilmiy izlanishi natijalarini ekspertlarga taqdim qildi.
Taqdimot judayam qiziqarli bo‘ldi. Taqdimotchi ekspertlarning savollariga tadqiqot natijalariga asoslangan holda javob berdi. Ekspertlar ushbu taqdimotni qoniqarli deya baholab, mavzuning dolzarbligini e’tirof etdi.
Muhokama so‘nggida doktorantga ilmiy-tadqiqotni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube