Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

LIVE

LIVE
Ilmiy munozaralar tadqiqotni takomillashtiradi Milliy markaz an’anasiga ko‘ra haftaning seshanba kuni “Doktorantlar kuni” ekanligidan kuzatuvchilarimizning xabari bor, albatta. “Doktorantlar kuni” da Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining doktorantlari o‘zlarining ilmiy izlanishlarida qo‘lga kiritayotgan natijalarni ekspertlarga taqdim qiladi. Bu albatta, bo‘lajak olimga ilmiy ishini himoya qilishda ilmiy poligon vazifasini o‘tashi bilan ham ahamiyatli. Bugun Milliy markazda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari sholichilik mavzusidagi dastlabki ilmiy natijalarini ekspertlar hukmiga havola qilmoqda. Ayni daqiqalarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining mustaqil tadqiqotchisi Bekzod Ravshanov "Sholi hosildorligini oshirishda azotli o‘gitlar me’yori va bakterial preparatlar samaradorligi" mavzusidagi ilmiy ishining natijalari to‘g‘risida taqdimot qilmoqda. Tadqiqotning yangiligi biopreparatlarni qo‘llash hisobiga mineral o‘g‘itlar sarfini kamaytirish va hosildorlikni oshirishga qaratilgan. Ochig‘i, taqdimotchiga oson bo‘lmayapti. Ilmiy munozara qizg‘in bahs- munozara ruhida o‘tyapti. Ekspertlar tadqiqotchiga ilmiy ishdagi kamchiliklar va ilmi ishni takomillashtirish xususida tavsiyalar berdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.