Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

LIVE

LIVE
Hashar — ezgulikning ko‘zgusi Hashar ming yillar mobaynida kishilar o‘rtasidagi bir-biriga o‘zaro yordam, insonparvarlik, olijanoblik, saxovatpeshalik kabi ezgu tuyg‘ularni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi. Xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar-joylarini obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari yurtimizni yanada fayzli bo‘lishida o‘ziga xos vazifani o‘taydi. Yurtimizda 16-18 mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharini ham barcha mehnat jamoalari hamjihatlikda o‘tkazmoqda. Ayni daqiqalarda Milliy markaz va tizimdagi ilmiy muassasalar jamoalari ham hasharni qizg‘in ruhda o‘tkazmoqda. Akademik M. Mirzayev hududida bo‘lib o‘tayotgan hasharda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexologiyalari, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy- tadqiqot institutlari jamoalari daraxtlarni butash, atrofni tozalash ishlarini bajarmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.