Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

LIVE

LIVE
Xabar berib borayotganimizdek, bugun Milliy markazda joriy yil uchun eng muhim drayver ilmiy yo‘nalishlarni belgilash yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. Sholichilikni rivojlantirishda urug‘chilikni rivojlantirish, sholidan bir yilda ikki marta hosil olish va sholini yetishtirishda resurstejovchi agrotexnikani joriy etishni sohani rivojlantirishga instituti ilmiy jamoasi o‘zlariga drayver yo‘nalish sifatida belgilab olganini ekspertlarga ma’lum qildi. Mavzuni himoya qilgan ilmiy muassasa direktori o‘rinbosari Zohid Ziyodullayev respublikada ommabop bo‘lgan “Iskandar”, “Sadaf” va “Lazurniy” kabi navlarini urug‘chiligini rivojlantirishga zarurat borligini ekspertlarga ta’kidladi. Milliy markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov sholi yetishtiruvchilar ekish mavsumida sara urug‘lik topishga qiynalishini qayd etdi. Shundan so‘ng ekspertlar mavzuni drayver yo‘nalishga kiritish uchun tahrirlab, pishitish yuzasidan ilmiy jamoa vakillariga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.