LIVE

Ilmiy-tadqiqot institutlarida drayver yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasi o‘zlarining belgilagan mavzularini himoya qilishga kirishdi.
Taqdimotni institut direktori Rajabboy Xudoyquliyev amalga oshiryapti. Ilmiy jamoa o‘zlarining oldiga uchta yo‘nalishni drayver sifatida belgilagan. Ekspertlar taqdimot bilan tanishgach, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishmoqda.
Ochig‘i, taqdimotchiga mavzuni himoya qilish oson kechmayapti. Ekspertlar munozaralardan so‘ng qishloq xo‘jaligi texnikalarida mahalliy texnikalar ulushini ko‘paytirish zarurligini ta’kidlab, belgilangan mavzularni pishitish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube