Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

LIVE

LIVE
Xabaringiz bor. Ayni daqiqalarda Milliy markazda “Doktorantlar kuni” doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tyapti. Unda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari o‘zlari olib borayotgan ilmiy ishlarning ilk natijalari xususida ekspertlarga ma’lumot beryapti. Ayni paytda ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Mirnosir Isroilov “Shaftoli payvandtaglarini agrobiologik xususiyatlari va nav kombinatsiyalarini tanlash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi tadqiqoti xususida taqdimot qilmoqda. Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad, shaftolining payvandtag va payvandustlarining mutanosibligini ta’minlash. Bunda intensiv va boshqa mahalliylashtirilgan navlar ham o‘rganilmoqda. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.