Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

LIVE

LIVE
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Anastasiya Bakirovaning “Amerika paxta navlari genetik salohiyatidan foydalangan holda raqobatbardosh selektsion material yaratish” mavzusidagi ma'ruzasi ham seminar-trening ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi. Ma'ruzachining ma’lum qilishicha, tadqiqot natijasida analitik seleksiya usulidan foydalanib, o‘rta tolali 111-114 kunda pishib yetiladigan, tolasining mikroneyr ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan g‘o‘zaning S6301 navi yaratilgan. Ushbu yangi navga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2022-yil 30-noyabrda NAP 00418-sonli patent berilgan. Bugungi "Doktorantlar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan seminar-trening ushbu ma'ruza bilan nihoyasiga yetdi. Ishtirokchilar bu kabi ilmiy munozaralarning tashkil etilgani yosh olimlar uchun foydali bo‘layotganini e’tirof etdi. Bizni kuzatishda davom eting. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.