LIVE

Ma’lumki, o’quv yili boshlanishi bilanoq Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar ixtisoslik fanlaridan o’quv kurslari tashkil etiladi.
Ayni damda, an’anaga ko’ra q.x.f.d., professor Sh.Abdualimov tomonidan “Dala tajribalarini o’tkazish uslublari, fenologik kuzatuvlar o’tkazish” mavzusida ma’ruza qilinmoqda.
O’quv kurslarini tashkil etishdan maqsad tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ixtisosliklar bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish, ilmiy ishlarining bajarilishi va dala tajribalarini olib borishda Uslubiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash.
Ushbu kurslarga ilmiy muassasa va oliy o‘quv yurtlaridan yuqori malakali, o‘z sohasining yetuk fan doktorlari, professorlari va fan nomzodlari jalb etilgan.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI